So’nggi yangiliklar

20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0

08 apr 10:30
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Qiziqarli!

Tarixda ilk bor o'tkaziladigan "Steroidli Olimpiada o'yinlari" - bloger nigohida

Teglar :  Nurbek Alimov
O'zbekistonlik bloger Nurbek Alimov o'zining Telegram'dagi sahifasida Enhanced Games-2026 turniri haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

SHu haqida 5 yil oldin post yozgandim. Bu endi haqiqatga aylanyapti. SHu yilning may oyida g'alati sport musobaqasi bo'lib o'tadi.

Tak vot, may oyida PayPal hammuassisi Piter Til tomonidan moliyalashtirilgan Enhanced Games (Kengaytirilgan imkoniyatlar o'yinlari) bo'lib o'tadi. Ushbu musobaqa Olimpiada o'yinlariga muqobil sifatida taqdim etilmoqda va sportchilarga steroidlar, doping, peptidlar hamda gen terapiyasini o'z ichiga olgan biologik imkoniyatlarni oshiruvchi preparatlardan ochiqchasiga foydalanishga ruxsat beradi.

O'yinlarda farmakologiyadan tashqari, maxsus suzish kiyimlari, o'zgacha poyabzallar va yuqori texnologiyali protezli sportchilarning ishtiroki kabi yangi texnologiyalarga ham ruxsat etiladi.

Faqat sayyoramizning eng tezkor, eng kuchli va optimallashtirilgan insonlarigina inson tanasi imkoniyatlari chegarasini kengaytiradi.

Sportchilar qabul qiladigan barcha moddalarni oldindan va shaffof tarzda malum qilishlari shart. Har bir ishtirokchi musobaqa oldidan qatiy tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak. Butun jarayonni 2 ta mustaqil tibbiy komissiya nazorat qiladi.

Tarixdagi ilk Enhanced Games musobaqasi 2026 yilning 21 mayidan 24 mayigacha Las-Vegasdagi Resorts World majmuasining maxsus qurilgan arenasida bo'lib o'tadi. 

Debyut bellashuvlarda suzish, engil va og'ir atletika bo'yicha 50 nafar sportchi qatnashadi. Tashkilotchilar jahon rekordini o'rnatgan sportchiga 1 million dollar mukofot taklif qilmoqda, 24 may kuni yopilish marosimida esa The Killers rok guruhi chiqish qiladi.

Enhanced Games zamirida ayni paytda tibbiyotni tubdan o'zgartirayotgan va dunyoning barcha etakchi sportchilari faol qo'llayotgan ilmiy yutuqlar yotadi: bular peptidlar, gormonal optimallashtirish, genlar ekspressiyasini boshqarish, reabilitaciya vaqtini bir necha barobar qisqartiradigan tiklanish protokollaridir. 

Buni xozirgi "qonuniy" musobaqalardan farqi shundaki, Enhanced Games’da hech kim hech narsani yashirmaydi, aksincha, buni ochiq namoyish etadi. Tak viju.

Nurbek Alimov - bloger.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing