So’nggi yangiliklar

07:06Чимаев Царукян билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0

11 apr 21:50
Yangiliklar

Sport kurashlari

Tarixni yangilashga yaqin kelgan SHohida Toshkentga bronza medali bilan qaytadi

Teglar :  SHohida Ahmedova
Xabar berganimizdek, bugun Qozog'istonning Olmaota shahrida sport kurashlari bo'yicha Tokio Olimpiadasiga Osiyo licenzion turniri yakuniga etdi.

Ayollar kurashi bo'yicha o'tkazilgan bahslarda tarixni yangilashga juda yaqin kelgan hamyurtimiz SHohida Ahmedova Toshkentga quruq qo'l bilan qaytmaydigan bo'ldi. 57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan o'smirlar Olimpiadasining kumush medali sovrindori Tokio Olimpiadasi yo'llanmasi uchun kechgan yarim final uchrashuvida hindistonlik Anshu Anshuga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Ahmedova licenzion turnirning bronza medali uchun bo'lib o'tgan bahsda koreyalik Um Jiyunni 4-0 hisobida dog'da qoldirdi.

Eslatib o'tamiz, shu kungacha O'zbekiston ayollar erkin kurashi terma jamoasi to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etmagan. Endi bor umidimiz may oyida Bolgariyaning Sofiya shahrida o'tkaziladigan jahon licenzion turniridan. Ushbu musobaqa Tokio Olimpiadasiga so'nggi licenzion turnir hisoblanadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing