09 jan 07:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Tarkibida o'zbek bokschilari jang o'tkazgan jamoa Sochidagi musobaqa g'olibi bo'ldi
Xabar berib o'tganimizdek, 2-8 yanvar kunlari Sochi shahrida "Liga Stavok" turniri tashkil etildi.
Ushbu tijorat turnirida to'rt jamoa ishtirok etdi. Jamoalarga boks yulduzlari Murat Gassiev, Sultan Ibragimov, Dmitriy Bivol va Eduar Troyanovskiy boshchilik qilgandi.
Turnir davomida o'zbekistonlik bokschilar SHukurjon Rahimov (-59 kg) va Odiljon Aslonov (-75 kg) Murat Gassiev jamoasi tarkibida jang qilib, muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Kecha turnirning final janglari bo'lib o'tdi. Unda Murat Gassiyaev jamoasi Sultan Ibragimov jamoasini 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
SHu tariqa, bokschilarimiz ishtirok etgan Gassiev jamoasi musobaqa g'olibiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, bokschilarimiz musobaqa davomida murabbiy Ravshan Xodjaev boshchiligida janglarda ishtirok etishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar