21 fev 07:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Tarmoqlarda Xamzat CHimaevning navbatdagi raqibi va jang sanasi, shuningdek "lokaciya" haqida xabarlar paydo bo'ldi
23 iyun kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida joylashgan Kingdom Arena majmuasida UFC Fight Night musobaqasi o'tkaziladi.
Tunda ijtimoiy tarmoqlarda ushbu musobaqa doirasida o'rta vazn toifasida BAA vakili Xamzat CHimaev vaznning sobiq chempioni Israel Adesanya bilan jang qilishi haqida xabarlar paydo bo'ldi.
Biroq buni UFC rahbari Dana Uayt inkor qildi.
Eslatib o'tamiz, Xamzat CHimaev oxirgi jangini 2023 yil oktyabr oyida yana bir sobiq chempion Kamaru Usmanga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan edi. Adesanya esa o'zining oxirgi jangini 2023 yil sentyabr oyida SHon Striklendga qarshi o'tkazgan va ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchragan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar