11 fev 12:58
Yangiliklar
Tartib-intizom masalasida yana bir yig'ilish o'tkazildi
Yig'ilishda O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi o'rinbosari SHokir Mo'minov, ayollar terma jamoasi murabbiylari, dzyudochilarimiz ishtirok etishdi. Ushbu yig'ilishni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad - dzyudochilarni ichki tartib-intizom bilan yana bir bor tanishtirishdan iborat edi.
Zero, natijaning kaliti, poydevori intizomda. Tartib-intizom taminlanmagan jamoa yoki shunga amal qilmaydigan sportchi ko'zlangan natijaga erisha olmaydi.
Terma jamoaning barcha azolari hamda nomzod dzyudochilari mashg'ulot zaliga telefonlarni olib kirmasliklari, ertalabki badantarbiya mashg'ulotida yuz foiz ishtirok taminlanishi, soat 22:00da hamma o'z xonasida bo'lishi va federaciya hududidan tashqariga chiqmasligi uqtirildi. Mavjud qoidalarga amal qilmagan dzyudochilarga qatiy jazo qo'llaniladi.
Fikrlar