10 mar 20:41
Yangiliklar
Tataristonlik "Gladiator" jang shartnomasiga imzo chekdi
UFC jangchisi yaqinda Toshkent va Samarqand shaharlarida mehmon bo'lib, hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev bilan uchrashgan edi.
"Yozda qaytaman. Kuni kecha menga jang taklif qilishdi, bugun esa shartnomaga imzo chekdim. Hozircha jang sanasi va raqibning ism-sharifini oshkor qila olmayman. Aytishim mumkin, raqib shundoqqina yonimda. Men bilan deyarli bir joydan nafas oladi", — dedi Faxretdinov.
Eslatib o'tamiz, Rinat o'tgan yilning noyabr oyida o'tkazilgan UFC Fight Night 231 turnirida braziliyalik Elizeu Zaleski dos Santosga qarshi oktagonga ko'tarilgandi. Uch raund to'liq davom etgan biroz kutilmaganda durang natija bilan yakunlangan edi.
UFC ligasidagi yagona tatar millatiga mansub Faxretdinovda 23 g'alaba, 1 mag'lubiyat va 1 durang bor.
Fikrlar