22 avg 13:23
Yangiliklar

Tavallud ayyom muborak, Caken Djetibaevich!
Saken Djetibaevich bugun 45 yoshni qarshi oldi. 1975 yilning 22 avgust kuni dunyoga kelgan bugungi kun qahramonimiz ixtisosligi bo'yicha vrach-epidemiolog. U 2002 yilda Toshkent Davlat medicina institutini tamomlagan. Lekin sportga bo'lgan qiziqish tibbiyotdan ustun keldi.
Saken Polatov 2019 yilda bir yo'la ikkita sport tashkilotiga rahbar lavozimiga tayinlandi. Avvaliga fevral oyida O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari, keyin esa iyunda O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi vice-prezidenti etib tayinlandi. Hozir bor etibor Tokio-2020 Olimpiadasiga qaratilgan.
Fursatdan foydalanib, Saken Djetibaevichni bugungi unutilmas kun - tavallud ayyom bilan muborakbod etamiz. Sportimiz fidoiysi va jonkuyariga uzoq umr, sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt tilaymiz.
Fikrlar