12 noy 16:50
Yangiliklar
Dzyudo
Tavallud ayyom muborak, Sardor Nurillaev!
Bugun dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Sardor Nurillaev tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Sardor Nurillaev 1994 yil 12 noyabr kuni tug'ilgan. Xalqaro musobaqalarda -66 kg vazn toifasida terma jamoamiz sharafini himoya qiladi. 2019 yil Marokashda o'tgan Gran-pri turniri g'olibi. SHuningdek, ushbu tasnifdagi va boshqa ko'plab musobaqalarda sovrindorlar qatoridan joy olgan. Hozirda o'z vazn toifasida Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi pog'onada turibdi.
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston dzyudo federaciyasi Sardor Nurillaevni bugungi shukrona kuni bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan g'alabalar tilaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar