So’nggi yangiliklar

13:55РАСМАН: Тошкент 2026 йилда дзюдо бўйича жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади! 0 13:34Бугунги мағлубият Хамзат Чимаев учун фаолиятидаги биринчиси бўлди 0 13:13Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 12:52Жалолов ва Умматалиев Манчестердаги ғалабали жангидан кейин Абдуқодир Ҳусанов билан кўришишди (ВИДЕО) 0 12:31UFC 328 бонуслари кимларга насиб этди? Бу сафар жангчилар асосий бонусдан ташқари қўшимча "соққа" ҳам ишлаб олишди 0 12:10Бугун пойтахтимиз мезбонлигида ўтаётган бокс бўйича Осиё чемпионатида финалчилар аниқланади 0 11:49Месси навбатдаги рекордни янгилади 0 11:28Qazaqstan Barysy Grand Slam 2026. Бугун уч нафар оғир вазнли дзюдочимизга мухлислик қиламиз 0 11:07Бугун Илҳом Назимов RIZIN чемпионлик камарини илк бор ҳимоя қилади. Рақиб "Киллер"! 0 10:46Стрикленд яна UFC чемпиони, Чимаев эса... UFC 328 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 10:20U-17 Осиё кубоги. Бугун Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк учрашувидаёқ ЖЧ йўлланмасини ҳал қилиши мумкин 0 09:52Чимаев — Стрикленд титул жангининг ҳакамлар ҳужжатидан кўчирма эълон қилинди (ФОТО) 0 09:45Хамзат Чимаевнинг Шон Стриклендга қарши чемпионлик жанги тўлиқ давом этди 0 08:46Рамазон Темировнинг вазнида чемпионлик жанги ўтказилди 0 08:22Александр Волков UFC'да навбатдаги ғалабасини қўлга киритди 0

28 iyu 14:00
Yangiliklar

Boks/MMA

TAVSIYA ETAMIZ! UFC (MMA) va WWE (kurash) birlashuvi bizga nimalarni vada qilmoqda? Konor WWE’ga o'tadimi?

Aprel oyida sport jamoatchiligini larzaga keltirgan voqea sodir bo'ldi.

Jang sanati bilan bog'liq bo'lgan yirik tashkilotlar UFC (MMA) va WWE (kurash) bir kompaniyaga birlashdi. Yangi tashkilot “TKO Group” deb nomalanadi va uning qiymati 21 milliard dollardan oshadi. Kelishuv kurash tashkiloti uchun misli ko'rilmagan voqelik bo'ldi, chunki kurashni reklama qilish go'yoki taqiqlangan “modda”ga o'xshardi. Boisi hech bir sportchi ushbu sport turini reklama qilganiga deyarli guvoh bo'lmaganmiz. WWE’ni sotib olish uchun Disney, Fox, Comcast hamda Amazon kabi gigant kopmaniyalar harakat qilayotgandi, biroq yakunda UFC “gazini bosdi”. 

Ikkala tashkilotning birlashuvi katta daromadni vada qilayotgani bor gap. UFC va WWE promoushenlari 2019 yildan buyon yillik daromadlari smetasini oshirib bormoqda. Yiliga taxminan 10 foizdan. Ikki ligada ham muxlislar armiyasi juda katta. Tashkilotlarning takidlashicha, ushbu hamkorlik sinergiya, yani mashhurlikni yanada oshirishga bo'lgan harakatning dastlabki qadamlari demakdir. WWE ijrochi raisi Vins MakMahonni bunga shunday izoh berdi: “Barcha WrestleMania (har yili mart va aprel oyining o'rtalarida WWE kompaniyasi tomonidan o'tkaziladigan professional kurash bo'yicha katta tadbir) birlashishi ham bizning UFC bilan amalga oshirajak ishlarimiz ko'lamiga to'g'ri kelmaydi. 

Ligalarda bir-birini to'ldirib turadigan omillar etarlicha topiladi. Hozirda ayol sportchilar o'rtasidagi janglar ham anchagina ommalashib bormoqda. Kurashdagi bellashuvda deyarli bir xil scenariy takrorlansa, MMA’da tamoman boshqa ko'rinish. Har jangda har xil holatlarni ko'rish mumkin. Sky Sports malumotlariga ko'ra, ijtimoiy tarmoqlarda eng ko'p obunachisi mavjud bo'lgan 15 nafar ayol sportchilarning besh nafari WWE vakillari hisoblanadi. Liganing eng mashhur yulduzlaridan biri Ronda Rouzi bo'lib, u ko'plab yosh ayol jangchilarning kumiri. Kurash ligasi janglarni ommalashtirish bo'yicha yaxshigina tajribaga ega. Misol tariqasida Rondaning o'zini keltirish mumkin, chunki u WWE’ga o'tishdan avval UFC’da faoliyat yuritgan. Yaqin kelajakda bu kabi “transferlar” ko'p bora sodir bo'lishiga guvoh bo'lishimiz ehtimoldan holi emas. 

Mana shu kabi “transferlar”ning yana biri Konor Makgregorda kuzatilishi mumkin. Sababi, irlandiyalik jangchi ikki tashkilot birlashgach ijtimoiy tarmoqqa MMA hamda WWE chempionlik kamarlarini qo'lida ushlab turgan rasmini joylashtirdi va quyidagicha izoh qoldirdi: “Bu sodir bo'lishi muqarrar. Ochilish imkoniyatlarini va yosh UFC istiqbolini his qildim, Bo Nikal (amerikalik taniqli WWE yulduzi)”. Nikaldan bu haqida so'rashganida u shunday javob berdi: “Men ham ularni (kamarlar) xohlayman. Oson pul topish”. 

Ayollar o'rtasida engil vazn toifasidagi sobiq UFC chempioni Amanda Nunes allaqachon kurashga qiziqib qolgan va agar unga yaxshi shartnoma taklif qilinsa, o'z omadini WWE’da ham sinab ko'rish istagi borligini yashirib o'tirmadi. “Agar menga yaxshi shartnoma bilan aloqaga chiqishsa, nega rad etishim kerak? MMA’da o'zim xohlagan hamma narsaga erishdim. Men ikki karra chempionman, menga yana bitta kamar kerak”, deydi braziliyalik jangchi. Ehtimol, yaqinda MMA’dan ketganini elon qilgan Nunes WWE’da ko'rinish berib qolar... 

UFC prezidenti Dana Uaytni vaqti-vaqti bilan tanqid qiladigan videobloger Jeyk Pol ham ushbu hodisaga ijobiy munosabatdaligini yashirib o'tirmadi. Uning fikricha, UFC va WWE birlashishi ancha mantiqiy hamda sportchilarning daromadini oshirish uchun ajoyib usul sanaladi. 

Dana o'zaro janglarni kutmaslik kerakligini aytib o'tdi. Ammo jangchilarning ligalar o'rtasida bir yoki ikkita jangga almashish holatlari sodir bo'lishi mumkin. Konor kurashmoqchi, uni kim to'xtatadi?! Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Vyacheslav Vasilevskiy takidlaganidek, UFC faxriylari uchun o'z karerasini qayta tiklash uchun ajoyib variant paydo bo'ldi. Ikki tashkilot o'rtasidagi bitim yaqinda elon qilindi, bizni oldinda nimalar kutib turganini vaqt ko'rsatadi...

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing