So’nggi yangiliklar

19:23Белбоғли курашни янада ривожлантириш йўлида меморандум имзоланди 0 19:02"Барселона" ва "Ливерпуль" бир ўйинчи учун курашади 0 18:41UFC 310 турнирининг тўлиқ карди маълум қилинди 0 18:20Макс Ферстаппен — Формула-1 2024 йилги мавсум чемпиони! 0 17:59Аёллар курашида барча вазнларда ғолиблар маълум бўлди + ФОТО 0 17:38Холанд 850 минг сўм сабаб қамоққа тушиши мумкин 0 17:17Ўзбекистон чемпионатида медаллар жамғариш бўйича қайси вилоят биринчи бўлди? 0 16:56Расман! UFC 311 турнири учун қизиқарли жанг эълон қилинди 0 16:35Мераб Двалишвили Петр Ян билан қачон жанг қилмоқчи эканини айтди 0 16:14Аморим: "Мен ўзини босслардек кўрсатишни хоҳлайдиганлардан эмасман" 0 15:53Чавандозларимизнинг навбатдаги ғалабаси 0 15:32Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг барча ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:11"Ундан қўрқдим!". Тайсон Фьюри нима учун стердаун вақтида Усикка қарамагани ҳақида гапирди 0 14:50"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирини нишонга олди 0 14:29Prezident Kubogi. Нодирбек ҳиндистонлик рақибга қарши, Синдаров эса дербидаги ўйинини бошлади 0

28 apr 16:16
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

TAVSIYA QILAMIZ: Dunyoning eng yaxshi bokschisi Terens Kroufordning tragediyaga boy bolalik hikoyasi

Isroil Madrimovning bo'lajak raqibi haqida hikoya.

O'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Terens «Bud» Krouford nafaqat bugungi boksning eng yaxshisi, balki o'z avlodining eng kuchli jangchisi bo'lib, ikki vazn toifasida mutlaq chempionlikni qo'lga kiritib, SHon-shuhrat zaliga kiritilgan.

Sportga kirib kelishi

Krouford 1987 yil 23 sentyabrda Nebraska shtatining Omaha shahrida dunyoga kelgan.

Jangchilik Terens Kroufordga qon orqali o'tgan. Uning bobosi, otasi va amakisi Omaha shahridagi CW Boxing Club'ida shug'ullanishga. Sport zalining egasi Karl Vashington ham Kroufordning qo'shnisi edi. Vashington o'sha paytdagi etti yoshli Terensga muammolardan saqlanish uchun zalda shug'ullanish kerakligini aytadi:

«Karl meni ko'chada ko'rdi. U meni ko'chada urishmoqchi bo'lgan yomon bolalardan biri ekanligimni bilar edi. Men unga notanish odamlar bilan gaplashmasligimni aytdim va onamga so'zlab berish maqsadida uyga ketdim».

Debra Krouford o'g'lining hikoyasini eshitganida, Vashington ularning eshigi oldida edi. Ko'p o'tmay, Krouford boks klubida murabbiy Midj Minor qo'l ostida mashg'ulotlarni boshladi

«Mushtlashganim uchun maktabdan haydalgan edim. Midj meni sport zalidan haydab chiqargan edi. Men parvo qilmadim. Futbol, basketbol o'ynadim, kurash tushishni o'rgandim. O'sha sport turlarining barchasida men do'stlarim bilan shug'ullanardim». — deya xotirlaydi chempion.

«Boksni boshlaganimda etti yoshda edim. Men uyda hech narsa qilmasdan - bo'sh o'tirishni yoqtirmasdim. Jang qilish menga yoqardi. Bajaradigan ishlarimning jangga aloqasi bo'lmasa, bu qiziq tuyulmasdi».

«Bunday bolalikni hech kimga tilamayman» - «million dollarlik chaqaloq»

Krouford chempion bo'lish sari qatiyatlililigi bilan ajralib turardi, u buni bolalikdagi tajribalari bilan bog'laydi. Kroufordning onasi o'g'lini kuchli qilish uchun noodatiy usullardan foydalangan. CHempionning so'zlariga ko'ra, onasi unga jismonan qarshilik ko'rsatish uchun boshqa bolalarga 10 dollardan pul to'laydi.

«Bu meni yanada och qildi. Ochlik - yoqimli. Onam menga qarshi chiqar, uddalay olmasligimni aytardi. U noto'g'ri o'ylayotganini isbotlayman, men baribir qila olaman, der edim».

ESPN'ga bergan intervyusida Terens Krouford amakisi Mayklning o'ldirilishiga katta hissiy munosabatda bo'lganini tasvirlab berdi. Ular nafaqat yaqin edilar, balki oilani bilganlar Kroufordni jang uslubi, qobiliyatlari amakisiga juda o'xshaganini eslashadi. Achinarlisi, u amakisi bilan xayrlashishga majbur bo'lganida yosh edi. Maykl yoki uni o'ldirgan shaxs o'rtasida aynan nima sodir bo'lgani nomalum, biroq oilaning aytishicha, uni sevgilisi pichoqlagan.

Krouford bundan keyingi dahshatli tushlarni esladi: «Men tobutni ko'z oldimga keltirardim. Onam bilan uxlashni xohlardim. Hatto yolg'iz cho'mila olmasdim, chunki kimdir meni olib ketadi deb o'ylardim», - xotirlaydi Terens

Onasining doimiy ravishda keyingi jangda mag'lub bo'lishini, u hech qachon eng yaxshisi bo'lmasligini takidlashi Terensning jahlini chiqarardi.

«Men biror turnirda g'alaba qozonganimda, u hech qachon meni tabriklamagan, men bilan faxrlanishini aytmagan. U bir marta bo'lsa ham meni yaxshi ko'rishini aytamagan». Krouford taqdiriga rozi bo'ldi: «Katta bo'lganimda, uning salbiy yo'li meni buyuk bo'lishga undaganini payqadim. Endi men onamga emas o'zimga eng zo'ri ekanligimni isbotlashni boshladim»

Terens 12 yoshda bo'lganida onasi uni kamar bilan urgan va boshqa o'g'lini urmasligini aytgan. Lekin bolakayni  xafa qilishning boshqa usullarini o'ylab topgan.

Kroufordnning otasi dengiz flotida bo'lgan va kamdan-kam hollarda oilasi bilan birga bo'lardi. O'shandan beri u otasisiz o'sish qanchalik qiyin bo'lganini ochiq aytdi, ayniqsa u haqidagi dastlabki xotiralari yoqimli. Ser Terens o'z o'g'lini «million dollarlik chaqalog'im» deb atashni yaxshi ko'rardi va Krouford shunday dedi: «U ketganida men yig'lardim, chunki birgaligimizda dadam mening eng yaqin do'stimdek edi... U menga doim men bilan faxrlanishini aytardi».

Otaning farzand ulg'ayish jarayonidagi eng muhim vaqtni o'tkazib yuborish hissi Kroufordni o'z farzandlari bilan birga bo'lishga undadi: «Men nima qilayotganim muhim emas. Farzandlarimning otasi sifatida ularning yonida bo'lish mening vazifam, otalik masuliyatim. Siz o'sha daqiqalarni qaytarib ololmaysiz. Men hech qachon yugurib kelib, onamni quchoqlab, men sizni yaxshi ko'raman deyolmaganman va u ham nei erkalab, yaxshi ko'rishini aytmagan. Men uning janglarimga kelishini va meni qo'llab-quvvatlashini xohlardim, lekin bunday imkoniyat hech qachon bo'lmadi».


«O'shanda o'lgan bo'lishim mumkin edi» - ko'cha to'dalari hayotiga bosilgan qadam

Minor Kroufordni otaliqqa oldi. Ammo o'smirlik yillarida Krouford shimoliy Omaha ko'chalarida do'stlari bilan sayr qilishga qiziqib qoldi.

Bir kuni Krouford dice (bizdagi narda toshlari bilan o'ynaladigan o'yin) o'yiniga aralashib qoldi. Mashinadagi yutug'ini sanab o'tirgan Kroufordning boshiga o'q uzildi. Elkasidan qon oqayotgan Terens mashinani kasalxonaga haydab bordi. Kroufordning baxtiga o'q uning bosh suyagiga kirmagan.

«Mashina oynasidan o'tib, menga tegdi va tashqariga chiqib ketdi». SHifokorning aytishicha, avtomobil oynasi o'qning tezligini pasaytirganligi bois bokschi tirik qolgan.

«Men omon qoldim. O'shanda o'tirib hayot haqida o'yladim. Men uyda jangga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'lishim kerak va bu erda o'yin o'ynab, o'q edim. Bunday odamlar orasida bo'lsam, ko'ngilsiz holatlar davom etadi...  O'shanda o'lgan bo'lishim mumkin edi».

Kroufordning so'zlariga ko'ra, unga bir martagina o'q uzishmagan - va u taxminan 8 marta otishma orasida qo'lga olingan. Bir misolida, u aslida amakivachchasini nishonga olishganini aytdi. U hech qanday jarohat olmagan, huquq-tartibot idoralari etib kelishgan, qo'liga kishan solib, majburan erga yotqizishgan.

Keyinchalik sodir bo'lgan ishkallarning biriga hatto onasi ham qo'shilgan. Ishga yana policiya aralashgan. Terens nega doim u bilan bunday holatlar bo'layotgani haqida ko'p o'ylardi. Krouford bu yo'ldan chiqib ketishga qaror qildi. «Bunday bolalikni hech kimga tilamayman. Men hayotimni, men bilan birga bo'lgan odamlarni, atrof-muhit, fikrimni o'zgartirishim kerak edi... O'sha ondan maqsadim bor. Men bor kuchim va vaqtimni boksga sarfladim».

The New York Times 2017 yilda Terens Kroufordni ko'plab qarama-qarshiliklar shaxsi sifatida tasvirlagan. Bir tomondan, u ringga qadam qo'ygan eng yaxshi bokschilardan biri edi, u mehribon ota edi, u yaxshi namuna bo'lish uchun bor kuchini sarfladi, muammoli yoshlarga yordam berish maqsadida sobiq ustozi bilan birgalikda sport zali ochdi. Boshqa tomondan, u to'da hayotiga qadam bosgan, quroldan o'q uzgan, moddiy zarar uchun hibsga olingan shaxs sifatida tasvirlandi. Terens intervyuda otishma to'g'risida shunday dedi: «Men qasos olishdan boshqa hech narsa haqida o'ylamagan edim. Men o'sha yigitni topib, uni o'ldirmoqchi edim».

Havaskor boksdagi natijalar - murabbiyning orzusi

Krouford 2006 yilda Omaxada bo'lib o'tgan AQSH Milliy Oltin Qo'lqop chempionatida kumush medal va Kolorado Springsda bo'lib o'tgan AQSH milliy chempionatida bronza medalini qo'lga kiritdi. 2007 yilda Krouford AQSH Panamerika o'yinlarining boks musobaqalarida oltin medal va Qo'shma shtatlar milliy chempionatida bronza medalga ega chiqdi. 2008 yil Olimpiya Oyinlarida ishtirok etdi va saralash bahslaridayoq mag'lub bo'ldi.

«Men tabiatan o'ng qo'lman. Havaskor boksda 70 ga yaqin jang o'tkazdim», - dedi bo'lajak chempionlar Mayki Garciya va Denni Garciya ustidan g'alaba qozongan Krouford. «Men Denni Garciya, Mayki Garciya, Diego Magdalenoga qarshi bo'lgan barcha janglarni eslayman. Men hali ham ularni vaqti-vaqti bilan kuzataman. Mayki bilan jang qiyin emas edi - Denni Garciya men uchun qiyinroq raqib bo'ldi».

Minor va Kroufordning hozirgi menejeri Brayan BoMac Makintayr, Terensning Karl Vinkikuerre(1946)dan keyin Omahaning birinchi Olimpiada chempioni bo'lishini orzu qilgan. Ammo Kroufordning maqsadlari bundan ham katta edi.

«Rostini aytsam, men hech qachon Olimpiada oltin medali sohibi bo'lishni xohlamaganman. Minor va BoMac mening havaskorlar safida qolishimni va oltin medalni qo'lga kiritishimni xohlashdi. Men esa prof boksda jahon chempioni bo'lishni istardim».


Professional boks

Kroufordning professional boksdagi debyuti 2008 yilning mart oyida ringga 2:0 (2 KO) bilan chiqqan Brayan Kammingsga qarshi 26 soniyalik jang bilan boshlandi. U o'sha yilning noyabr oyida Maykl Uilyamsni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi va rekordini 5-0 (3 KO) ga ko'tardi.

2009 yilning mart oyida Travis Xartman ustidan to'rt raundlik jangdagi g'alabadan so'ng ketma-ket to'rtta nokautga erishdi. 2010 yilda Krouford Marti Robbins va Ron Boydni engdi va rekordi 12-0 (9 KO) ga ko'tarildi.

2011 yil fevral oyida Entoni Morani birinchi raundda, iyul oyida Derrik Kamposni ikkinchi raund texnik nokautga uchratdi. Yil yakunida sakkiz raundlik bahsda Anxel Riosdan ochkolar hisobiga ko'ra ustun keldi.

Krouford 2012 yilda to'rtta jangda muddatidan oldin raqiblarini taslim etib 19-0 (15 KO) rekordiga ega bo'ldi. 

2013 yil mart oyida Krouford o'zining eng yirik g'alabasini qo'lga kiritdi: Breydis Preskotni 10 raund davom etgan to'qnashuvda hakamlar qaroriga ko'ra mag'lub etgandi. U iyun oyida Alexandro Sanabriyani oltinchi raundda texnik nokaut holatiga tushirib qo'ydi. O'sha yilning oktyabr oyida 10 raundlik jangda ochkolar hisobida Aleks Klimov ustidan g'alaba qozondi.


Birinchi kamar: Riki Byorns bilan qiyin jang

Omaxalik engil vaznda jang qilganida, uning g'alabali seriyasi ko'proq ishonarli ko'rindi. Britaniyalik 38 g'alabali seriyani davom ettirar ekan, tajribasiz Kroufordga hamma ham ishonmadi. Biroq, bahs davom etar ekan, u kuchliroq ko'rindi - yuqori tezlik, himoya, muvaffaqiyatli hujumlar ustida ishlash Terensga 117-111, 116-112 va 116-112 hisobida ishonchli g'alabani taqdim etdi. U birinchi marta haqiqiy chempionlik kamarini qo'lga kiritdi, WBO kamarini marta himoya qildi va yarim o'rta vaznga ko'tarildi.

Uchta kamar xavf ostida: Viktor Postol bilan jang

2016 yilning yozida yarim o'rta vazn toifasida WBC yo'nalishi bo'yicha ukrainalik chempion kamarini himoya qilish, vakant qolgan The Ring va raqib kamari uchun kurash olib borish maqsadida ringga chiqdi. O'shanda Postol ham, Krouford ham 28:0 hisobida edi, ammo ulardan biri mag'lub bo'lishi kerak edi. Amerikalik kamdan-kam hollarda janglarini hakamlar qaroriga qoldirardi, ammo o'sha oqshom jang to'liq 12 raund davom etdi, chunki Viktor shunchaki nokautga tushishdan bosh tortdi. Biroq Kroufordga 117-108, 118-107, 118-107 hisobida yutqazib, bir vaqtning o'zida uchta kamardan quruq qoldi.


Mutlaq jahon chempionligi: Julius Indongoning tezkor nokautga uchrashi

Namibiyalik chempion Julius Indongo Terens bilan uchrashuvdan atigi 4 oy oldin (2017 yil aprel) Riki Byornsga qarshi jang qilib, IBF, IBO va WBA kamarlariga egalik qildi. U 22:0 hisobida mukammal natija qayd etgan yana bir bokschi edi, ammo uning mag'lubiyatsiz hukmronligi davom etmas edi. Krouford har doimgidek, astoydil mehnat qildi va 3-raundda Indongo qattiq bosimga bardosh bera olmadi va «Bud»ning aniq zarbasi unga «chiroqlarni o'chirib qo'ydi».

Promouterlar Terensni Menni Pakyao bilan birlashtiruvchi jangini tashkillashtirishga harakat qilishdi, ammo bu g'oya amalga oshmadi. SHunga qaramay, ko'pchilik bu yigit Meyvezerga munosib o'rinbosar ekanligini takidlardi. Ammo ularning qarama-qarshiligi qanday natijaga olib kelishini hech kim bilmasdi.


50/50? 9-raundda texnik nokaut!

Krouford 2022 yilning dekabrida Devid Avanesyan ustidan qozonilgan g'alaba boksning eng yirik va eng yaxshi jangi uchun zamin yaratdi: Krouford va WBC, WBA va IBF yo'nalishlari bo'yicha jahon chempioni Errol Spens bilan yarim o'rta vazn toifasidagi jang.

Uzoq kutilgan to'qnashuv T-Mobile Arena'da 19 990 kishidan iborat tomoshabinlar oldida bo'lib o'tdi.

Ammo 50-50 hisobida kuchli raqobat bo'lishi kutilgan bahs so'nggi yillarda muxlislar guvohi bo'lgan eng yaxshi janglardan biriga aylandi. Krouford to'qqizinchi raundda Spensni texnik nokutga uchratib tarix zarvaraqlaridagi o'z o'rnini mustahkamladi va yarim o'rta vazn toifasida 4 ta kamarni birlashtirgan birinchi mutlaq chempionga aylandi. 

«Bu kamarlarni kimdan olganim ko'p narsani anglatadi. Ular men haqimda yomon gaplar gapirishdi. Ular meni munosib emasligimni va  yarim o'rta vazn toifasidagilarni mag'lub eta olmasligimni aytishdi. Men shunchaki falakka yuzlanib, Xudoga iltijo qilib, butun dunyoga Terens Kroufordning naqadar kuchli ekanligini ko'rsatish imkoniyatini qo'lga kiritishimni so'rardim. Bugun oqshom nimalarga qodir ekanlgimni ko'rsatdim. Avval aytganimdek, men faqat jahon chempioni bo'lishni orzu qilardim. Menga hech kim menga ishonmadi, lekin men hammani og'zini yopib qo'ydim. Men Spens va uning jamoasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman, chunki usiz bularning hech biri amalga oshmasdi», - dedi jangdan keyin Terens.


Qiziqarli faktlar 

U boksda 4 ta chempionlik kamarini qo'lga kiritgan uchinchi shaxsdir. Jermeyn Teylor va Bernard Xopkins undan oldinda;

U 2014, 2017 va 2018 yillarda ESPN yilning eng yaxshi bokschisi, ESPY mukofoti va BWAA yilning eng yaxshi bokschisi mukofotini qo'lga kiritgan;

U 3 ta vazn toifasida chempionlik unvonlarini qo'lga kiritgan;

Yig'in davomida «Bud» ketma-ket 6 kun sport zaliga boradi, 12 hafta davomida tayyorgarlik ko'radi, mavsumdan tashqari vaznini 68-69 kg da ushlab turadi;

Terens kofe ishqibozi. U har kuni ertalab 2 finjon ichimlik ichadi, hamma joyda o'zi bilan bir necha turdagi kofe olib yuradi;

Sportchi ikkala qo'li bilan teng darajada yaxshi yozadi, chizadi;

Kroufordning rafiqasi Alondra Person, ularning 6 nafar farzandi bor;

U bir nechta qonunlarni buzgani uchun 53 kun xizmat qildi va 10 000 dollar garov evaziga ozod qilindi;

Floyd Meyvezer Terensni vazn toifasidan qati nazar, eng yaxshi bokschi deb biladi.


Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing