So’nggi yangiliklar

22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0

29 avg 19:52
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

TAVSIYA QILAMIZ: SHon O'Melli ikkinchi Konor Makgregormi?!

Agar SHon va Makgregorning rivojlanish yo'liga nazar tashlasak, ko'plab umumiy narsalarni topish mumkin...

SHon O'Melli chempionlik jangida Konordan nusxa oldi desak mubolag'a bo'lmaydi. SHonning Aljameyn Sterling ustidan qozongan g'alabasi bir zumda UFC’ning PR mashinasi bo'lib oldi. Jangdan ikki kun o'tgach, O'Melli ijtimoiy tarmoqlarda 100 minglab yangi obunachilarga ega bo'ldi va endilikda reklamalarning asosiy yuziga aylanmoqda.

Nokaut lahzasining o'zi ham virus misoli internetda tarqaldi hamda muxlislarga Konor Makgergorning Joze Aldo ustidan qozongan g'alabasini eslatib yubordi. Epizodlardagi o'xshashlik albatta ahamiyatli. Konor ham SHon ham o'z janglarida raqib hujumga shoshilib, jag'iga zarba berganidan keyingi chekinishda mohirlik bilan harakat qilib, ularni erga ag'anatgan edi. Yagona farq shundaki, irlandiyalik jangchining zarbasi o'ta halokatli bo'lgandi. O'Melli bo'lsa, raqibini ilojsiz qoldirishi uchun bir muncha ko'proq musht “otdi”. SHunga qaramay, bazi muxlislar ikki sportchining karerasida qandaydir o'xshashlik borligi haqida gapirishmoqda. 


Qizig'i shundaki, Konor-Aldo jangi allaqachon SHonning jangi haqidagi muhokama doirasida yuzaga kelgan. Bu bir yil oldin sodir bo'lgan edi, keyin esa SHon Petr Yan bilan duelga chiqishga majbur bo'ldi. 

“Yaqinda O'Melli yangi Konor Makgregor bo'lishini va jahon super yulduziga aylanishni xohlashini aytdi. To'g'ri, buning uchun asosiy janglarda g'alaba qozonishi kerak. U endi odamlarga yoqadigan narsalarga ega. Asosiy janglar haqida gapiradigan bo'lsak, Yan bilan jang Konor-Aldo o'rtasidagi qarama-qarshilikka o'xshaydi”, - degandi Dana Uayt. 

Petr ham shunday fikr bildirgandi: “PR nuqtai nazaridan, albatta, O'Melli bilan jang Konor-Aldo qarama-qarshiligiga o'xshash. SHon bu loyihada Konorga qiyoslanishni xohlaydi. Biroq, ishonchim komilki, natija boshqacha bo'ladi”.  Agar SHon va Makgregorning rivojlanish yo'liga nazar tashlasak, ko'plab umumiy narsalarni topish mumkin. Konor doim promoushenning favoritlaridan biri sanalgan. Unga doim katta janglar berilgan va o'z janglarini shou darajasiga qadar olib chiqa olganini yaxshi bilasiz. Irlandning bu “qiliqlari” bir qancha muxlislarni jalb qila oladi.


Amerikalik jangchi matbuot anjumanlarida u qadar faol emas hamda raqiblarini “erga urib tashlamaydi”. Lekin u tomoshabinlarni o'ziga qarata oladi, raqiblar bo'lsa UFC unga indulgensiya, qulay raqiblar beradi va har tomonlama targ'ib qiladi, deb shikoyatlar qiladi. Yorqin tasvir va ijtimoiy tarmoqlar SHonga Konor izidan tezroq borishiga yordam beradi. Ana undan so'ng O'Mellini "Makgregor-2" deb atash mumkin bo'ladi. Qahramonimiz o'zining shaxsiy brendini UFC’dan ancha avval boshlagan. U SugarShow mahsulotining asoschisi hisoblanadi. 

Makgregor va SHonning jang uslubi ham bir-biriga yaqin. Ikkala jangchi ham qo'llarida ajoyib ishlaydi, ular harakat davomida aniq zarbalar beradi va unga ajoyib oyoq ishini qo'shadi. Bunday uslub esa raqiblarga qiyinchilik tug'diradi. Bundan tashqari, amerikalik ham irland ham kuchli zarbaga ega. O'Mellining o'zi ham bir necha marotaba Konorga tenglashishni istashini aytdi: “Makgregor UFC’ga kirib kelganidan so'ng tinimsiz uning janglarini kuzata boshladim. U kabi bo'lishga harakat qildim. Undan ko'p narsani o'rgandim, nima qilish kerak, nima qilmaslik kerak. O'ylaymanki, Konor men ko'rgan eng yaxshi odam. U eng zo'rlarning eng ulug'i”.

Xorijiy saytlar asosida Xabib Jo'raboev tayyorladi



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing