16 apr 17:34
Yangiliklar
Gimnastika
Taxmina Ikromova Jahon kubogi oltin medalini qo'lga kiritdi
Xabaringiz bor, shu kunlarda poytaxtimiz gimnastika bo'yicha nufuzli Jahon kubogiga mezbonlik qilmoqda.
Bugun musobaqaning ikkinchi kuni bo'lib, gimnastikachilar ko'pkurash bahslarida sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishdi.
Quvonarlisi, ko'pkurash bahslarida gimnastikachimiz Taxmina Ikromova umumiy natijaga ko'ra barcha raqiblarini ortda qoldirdi va Jahon kubogining oltin medalini qo'lga kiritdi. Taxmina Ikromova umumiy hisobda 119,6 ball to'pladi. Ushbu yo'nalishda ishtirok etgan yana bir gimnastikachimiz Sabina Tashkenbaeva 111,40 ochko to'plab, 6-o'ringa joylashdi.
Toshkent. Jahon kubogi. Ko'pkurash
1. Taxmina Ikromova (O'zbekiston) - 119,60
2. Ekaterina Vadeneeva (Sloveniya) - 118,20
3. Darja Varfolomedeev (Germaniya) - 112,65.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar