27 apr 08:07
Yangiliklar

Taxmina Ikromovada oltin. Badiiy gimnastikachilarimiz Toshkentdagi Jahon kubogi bosqichida dastlabki medallarni qo'lga kiritishdi
Ahamiyatlisi, unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azolari ikkita medalga ega chiqishdi. Yakkalik bahslarida kurash olib borgan etakchi gimnastikachimiz Taxmina Ikromova kutilganidek, musobaqa g'olibiga aylandi.
Mumtoz Ishoqzoda, Eveline Atalyanc, Amaliya Mamedova, Irodaxon Sodiqova, Adel Fayzullina hamda Maftuna Zoirovadan iborat jamoamiz esa guruh mashqlarida ikkinchi natijani qayd etib, kumush medalga ega chiqdi.
Yakkalik mashqlari:
Oltin: Taxmina Ikromova (O'zbekiston) - 112. 25
Kumush: Darya Varfolomeeva (Germaniya) - 112. 25
Bronza: Liliana Levinska (Polsha) - 108. 30.
Guruh mashqlari:
Oltin: Polsha - 47. 90
Kumush: O'zbekiston - 47. 40
Bronza: Xitoy - 46. 60.
Suratlar muallifi: Kamila Hasanova
Fikrlar