07 apr 17:02
Yangiliklar
Gimnastika

Taxmina Ikromovada uchta. Badiiy gimnastikachilarimiz Jahon kubogining ilk bosqichini to'rtta medal bilan yakunlashdi
Bu haqda O'zbekiston MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
"4-6 aprel kunlari Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogining birinchi bosqichi bo'lib o'tdi. 50 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar orasida O'zbekiston terma jamoasi azolari ham medallar uchun kurash olib borishdi. Yakunda hamyurtlarimiz 2 tadan kumush va bronza medallariga sazovor bo'ldilar.
Kumush medal:
Taxmina Ikromova (bulava)
Guruh mashqi (3 to'p va 2 xalqa).
Bronza medal:
Taxmina Ikromova (ko'pkurash)
Taxmina Ikromova (to'p)", deyiladi xabarda.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar