04 sen 13:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayron Vudli Jeyk Polni qo'rqoq deb atadi
39 yoshli sobiq UFC chempioni Tayron Vudli bloger Jeyk Polni revanshdan qochishda aybladi.
"U men bilan revanshdan qochib qolmoqda. Jeyk Pol qo'rqoq! Men o'z so'zimda turib tatuirovka tushirmoqchiman. Kel revansh o'tkazamiz. Agar sening tatuirovkaching bu ishni qilishi kerak bo'lsa, unda Los-Anjelesga boraman. Ular menga bugun kechasi tatu tushiramiz deyishgandi. Men esa rozi bo'ldim. Ammo ular mendan qochib yurishibdi", -deydi Tayron Vudli.
Eslatib o'tamiz, Tayron Vudli yaqindagina Jeyk Pol bilan boks qoidalari bo'yicha jang o'tkazib, mag'lubiyatga uchragandi. Jeyk Pol revansh berishi uchun Vudli oyog'iga tatuirovka tushirishi lozim edi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar