03 iyu 09:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayron Vudli: "Jeyk Polning boshini uzib olaman"
Yarimo'rta vaznda sobiq UFC chempioni Tayron Vudli o'zining bloger Jeyk Polga qarshi jangi haqida fikr bildirdi.
"Syurpriz, syurpriz! Biz 28 avgust kuni qaytyapmiz. Sizlar men qanday qilib Jeyk Polning boshini uzib olganimni ko'rasiz. Bazida tilingiz sizni qiyin ahvolga tushirib qo'yadi. Onamning ajoyib gapi bor edi: "Tiling yozgan chekni ko'pincha orqang to'lay olmaydi".
Bularni hammasi xayp, Jeykka endi sparringlar ham, tiklanish ham yordam bermaydi. Men bu kunni intizorlik bilan kutyapman. Uni boshini elkasidan ayirib qo'yaman", - dedi Tayron Vudli.
Eslatib o'tamiz, Tayron Vudli va Jeyk Pol o'rtasidagi jang 28 avgust kuni o'tkaziladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar