02 iyu 17:35
Yangiliklar

Tayron Vudli va Jeyk Pol o'rtasidagi jang qoidalari malum
Ikkala jangchi ham ijtimoiy tarmoqlarda jang tashkil etilishini tasdiqladi. To'qnashuv reglamentiga ko'ra, jangchilar 10 unciya qo'lqop bilan 8 raund harakat qilishadi. Joyni ushbu hafta rasmiy matbuot anjumani vaqtida uchrashuv tashkilotchisi Showtime kompaniyasi elon qiladi.
39 yoshli Tayron Vudli 2019 yil mart oyida Kamaru Usmanga mag'lub bo'lib UFC chempionlik kamaridan mahrum bo'ldi. SHundan so'ng yana uchta mag'lubiyatga uchradi va so'nggi ikki jangda Kolbi Kovington va Visente Lyukega yutqazdi.
24 yoshli Jeyk Pol esa bir yarim oy oldin birinchi yarim vazn toifasida sobiq ONE va Bellator chempioni Tayron Vudlining do'sti va sparring sherigi Ben Askrenni nokautga uchratib, o'zining uchinchi professional g'alabasini qayd etgandi.
Fikrlar