11 apr 13:50
Yangiliklar
Boks/MMA, Karate
Tayson Fyuri: "Agar shunday bo'lsa, jamoamdagilarga meni "otib tashlanglar" dedim"
Tayson Fyuri Derek CHisora va Deontey Uaylder o'rtasidagi jangdan keyingi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu jangni tomosha qilish men uchun og'ir bo'ldi. Juda ham alamli edi, hayotimda ikki nafar erkakning bu darajada pasayib ketganini ko'rmaganman.
Va o'ylab qoldim: navbat mengami? Bu menmanmi? SHuning uchun jamoamga aytdim: "Agar men jangda shu yigitlar kabi yomon bo'lsam, meni maydonga olib chiqinglar va otib tashlanglar", — dedi Fyuri.
Eslatib o'tamiz, bir necha kun oldin Uaylder Londonda bo'lib o'tgan jangda CHisorani hakamlarning qarori bilan mag'lub etdi.
Havola :
Manba : talkSPORT
Fikrlar