So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

10 jan 12:02
Yangiliklar

Boks/MMA

Tayson Fyuri boksga qaytish qarorini tushuntirdi

Teglar :  Tayson Fyuri
Superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuri professional boksdagi faoliyatini qayta tiklash qaroriga izoh berdi.

Britaniyalik pul uchun emas, balki sportga bo'lgan muhabbati va jangovar hayot tarzi tufayli qaytayotganini aytdi. Aleksandr Usikka ikki marta mag'lub bo'lgan 37 yoshli bokschi avvalroq faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi, ammo u yana bir bor fikrini o'zgartirdi. 

"Men mutlaqo hamma narsani yutdim: Angliyadagi mintaqaviy kamarlardan tortib super chempionlik unvonlarigacha, ikki marta yilning eng yaxshi bokschisi bo'ldim. Men uchun jangovar hunardan boshqa hech narsa yo'q. Men bu ishni yaxshi ko'raman. Bunda moliyaviy foyda uchun hech narsa yo'q. O'n yil oldin nafaqaga chiqishim mumkin edi. Yaxshigina boylik orttirdim. Gap pulda emas, garchi men har doim yaxshi shartnomani xohlasam ham, albatta. Bu asosan jang va sportga bo'lgan muhabbatdir. Yoshim 37 da, bu yil 38 ga to'laman, kim biladi deysiz, yoshim kattaroq, lekin jang qilishni yaxshi ko'raman. Mening boshqa qiziqishim yo'q, faqat mushtlashish. Men jang qilish uchun tug'ilganman va tarbiyalanganman. Mening taqdirim janglarda.

Oxir-oqibat, men aqldan ozgan odamdek do'pposlayman va ehtimol, ularning hammasi kabi nogironlar aravachasiga o'tirib qolaman. O'lguday kaltaklangan, bilmadim, seshanbami, chorshanbami, dekabrmi, lekin men tanlagan o'yin, biz tanlagan hayot shu. Bu men tanlagan hayot! Biz to'xtamaymiz", - deya Tayson Fyurining so'zlarini keltiradi talkSPORT.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing