25 apr 09:04
Yangiliklar
Boks/MMA
Tayson Fyuri - Frensis Ngannu jangi qoidalari oshkor qilindi
Superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri hamda og'ir vaznda UFC kamari sohibi Frensis Ngannu o'rtasida jang o'tkazilishi haqida xabar berilgan edi.
Bu malumotni har ikki jangchi bevosita ringning o'zida tasdiqlashgandi. Ngannuning boksdagi murabbiyi Dyui Kuper bo'lajak jang qanday qoidalar asosida o'tkazilishini malum qildi.
"Boks jangi, qo'lqoplar MMAniki, lekin odatdagidek to'rt emas, sakkiz uncli hajmda bo'ladi. Ha, bu boks jangi bo'ladi. Unda klinchga ruxsat beriladi. Oyoqda zarba berish va parterga tushirishga ruxsat berilmaydi", - dedi Kuper.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar