15 jan 20:47
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/200095_220.jpg)
Tayson Fyuri: Fyuri Ngannuga qarshi - bu titanlar jangi!
Superog'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri UFC chempioni Frensis Ngannuga qarshi jang qilmoqchi.
«Tayson Fyuri Ngannuga qarshi — bu titanlar jangi! Bu juda qiziq va ajoyib to'qnashuv bo'ladi. Ko'pchilik uchun bizning jangimiz qiziq bo'lishi aniq»,-deb yozib qoldirgan Tayson Fyuri.
Eslatib o'tamiz, UFC chempioni bir necha yillardan beri aynan boks qoidalari bo'yicha Tayson Fyuriga qarshi jang qilish istagi borligini malum qilgan.
Malumot uchun, Ngannu navbatdagi jangini 22 yanvar kuni Siril Ganga qarshi o'tkazadi. Bu jang Ngannuning UFC'dagi so'nggi bahsi bo'lishi mumkin.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar