19 fev 10:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Tayson Fyuri: "Hamma mendan yuz o'girdi"
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri katta sportga qaytish uchun ulkan rejalar tuzmoqda.
"Otam bir muddat men bilan gaplashmadi. Akalarim men bilan gaplashmay qo'yishdi. Hamma mendan yuz o'girdi. Hech kim mening qaytishimni istamadi va ular buni ochiq-oydin ko'rsatishdi... Lekin bu mening qarorim.
SHunchaki men ringda bo'lganimda va odamlarning ko'nglini ko'targanimda eng baxtli bo'laman. Yaqin orada to'xtamoqchi emasman. Men 50 yoshimgacha boks bilan shug'ullansam kerak", - dedi Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri va rossiyalik Arslanbek Mahmudov o'rtasidagi jang 11 aprel kuni Londondagi "Tottenxem" stadionida bo'lib o'tadi. Professional ringda Tayson faqat Aleksandr Usikka yutqazgan.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar