05 fev 17:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Tayson Fyuri jarohati haqida: "Menga 11 ta chok tushdi"
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri Aleksandr Usikka qarshi jangdan oldin olgan jarohati haqida gapirdi.
"Men to'rt nafar turli sportchi bilan 12 raundlik sparring bo'yicha kelishib olgandim. Beshinchi raundda ko'zimdan tirsak zarbasini qabul qilib oldim va qoshim yorildi. Men shifoxonada bo'ldim va qoshimga 11 ta chok tushdi. Menda tibbiy xulosa bor. Menda bunaqasi xech qachon bo'lmagan, bu birinchi marta bo'lishi", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : Boxing King Media
Fikrlar