08 iyu 14:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Tayson Fyuri Jon Jons va Israel Adesanya o'rtasidagi sparringiga munosabat bildirdi
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri UFC chempionlari Jon Jons va Israel Adesanya o'rtasida bo'lib o'tgan kutilmagan sparringni etiborsiz qoldirmadi.
"Jon Jons, tasavvur qil, bu erda mendan o'ng qo'l zarbalaringni o'tkazib yuborgan bo'larding", - dedi Tayson Fyuri.
Avvalroq, Jons va Adesanya birgalikda bir nechta surat va videolarni ijtimoiy tarmoqqa joylab, muxlislarga ular o'rtasidagi ko'p yillik jang tugagani haqida malum qilgan edi.
Bir yarim oy oldin Jon Jons va Tayson Fyuri internetda o'zaro to'qnash kelishgan, shundan so'ng UFC prezidenti Dana Uayt ehtimoliy raqiblarini oktagonga taklif qilgan edi. "Lo'lilar qiroli" bunga javoban faqat professional boks qoidalari bo'yicha jang o'tkazishini aytgan edi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar