14 apr 07:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri: Joshuaning super yulduz bo'lishga aynan men sababchi bo'ldim
Superog'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri hamyurti Entoni Joshua haqida fikr bildirdi.
"Agar Joshuani mag'lub etsam, o'z davrimning eng buyuk bokschiga aylanaman. CHunki men zamonamizning eng zo'rlari - Klichko, Uaylder va Joshuani taslim etishni uddalagan bo'laman. Joshua hali meni darajamga chiqishiga bor.
CHunki u meni va Deonteyni mag'lub etishi lozim. Bu ish Joshuaning qo'lidan kelishi mumkin. Lekin bitta narsa aniq-ki, aynan men uni super yulduzga aylantirdim", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar