23 apr 10:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri: Men hazillashmadim, ketaman!
Superog'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri yana bir bor ketishi haqida gapirdi.
«Bu jangdan so'ng men ketaman. Ko'pchilik meni gaplarimga ishonmayapti. Biroq men hazillashmadim. Dadam yaqinda men haqimda gapirdi. Biroq dadam ham «Lo'lilar qiroli»ning imkoniyatiga to'g'ri baho bermadilar. Men bokssiz yashay olaman. Men ikki karra jahon chempioniman. 14 yillik faoliyatim davomida hali mag'lub bo'lmadim. Yutishim mumkin bo'lgan barcha kamarlarga ega chiqdim. Bir nechta rekordlarni o'rnatdim. Oilamning keyingi hayoti uchun etarli pul to'lab bo'ldim. Endi esa katta nom bilan ketaman. Yana nima qilishim mumkin?»,-deb so'zini yakunlagan Tayson Fyuri.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar