12 iyu 09:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri: "Meni tinch qo'ying, boshqa jang qilmoqchi emasman"
Superog'ir vaznda WBC kamari sohibi Tayson Fyuri yana eski mavzu haqida gapirdi.
"Ko'pchilik "yana bir marta, ikki marta", - deb aytyapti. Agar nogironlar aravachasida o'tirib: "Yana to'rtta jang o'tkazdim, odamlar, aqldan ozdim", - desamchi? Axir men gigantlar bilan jang qildim. Meni tinch qo'ying, boshqa jang qilishni istamayman", - deya Fyurining so'zlarini keltiradi Mayk Benson.
Eslatib o'tamiz, Fyuri so'nggi bor 24 aprel kuni, Dillian Uaytga qarshi jang qilgan edi.
Avvalroq, ketishini aytishdan charchamayotgan "Lo'lilar qiroli" Entoni Joshua bilan tekinga jang qilishini aytgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar