07 jan 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Tayson Fyuri nima uchun boksga qaytayotganini aytdi, sabab - pul emas
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri boksga qaytish sababi haqida gapirdi.
"Men boksda barcha narsaga erishdim - Angliyadagi mintaqaviy kamarlardan tortib, jahonning super chempionlik kamarlarigacha. Ikki karra yil jangchisi bo'ldim, WBC kamariga ega bo'ldim.
SHunchaki bu biznesni yaxshi ko'raman. Bu erda men uchun moliyaviy motivaciyalar yo'q.
Men yaxshigina pul ishladim. Gap pulda emas. Albatta yaxshi sharoitlarni istayman. Asosiysi janglar va sportga bo'lgan muhabbat. Men 37 yoshdaman, bu yil 38 ga to'laman, qariyaman. Ammo boksni yaxshi ko'raman va hozir boshqa qiziqishlarim yo'q", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : King Media
Fikrlar