17 iyu 14:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Tayson Fyuri: " Olti oy ichida og'ir vazndagi Top-15 bokschilariga "vyzov" tashladim, ammo haligacha raqib topilmadi"
Superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri navbatdagi jangi uchun raqib topilmayotgani haqida gapirdi.
"Ayni damda men boksda haqiqiy raqib topishga qiynalyapman. Yaqinda WBC prezidenti Maurisio Suleyman intervyu berib, shunday degandi:"Tayson o'z muvaffaqiyati qurboniga aylandi. U shunchalik yaxshiki, odamlar u bilan jang qilishni xohlashmaydi va o'zlariga boshqa raqib topishni afzal ko'rishadi". Men hozir shuni his qilyapman. Oxirgi yarim yil men og'ir vazndagi Top-15 bokschilariga "vyzov" tashladim, ammo hali ham raqibsizman",-deya Fyurining so'zlarini keltiradi MMAFighting.
Eslatib o'tamiz, Fyuri so'ngi jangin o'tgan yilning dekabr oyida Derek CHisoraga qarshi o'tkazib, raqibini texnik nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar