24 avg 10:09
Yangiliklar
![](/upload/storage/233263_220.jpg)
Tayson Fyuri qancha gonorar uchun Usikka qarshi ringga chiqishini aytdi
Britaniyalik bokschi WBA Super, IBF, IBO va WBO chempionlik kamarlari sohibi, ukrainalik Aleksandr Usik (20-0, 13 KO)ka qarshi 500 mln. dollar evaziga jang qilmoqchi ekanini ochiqladi.
"Dunyoning eng katta jangi eng katta gonorar uchun o'tkazilishi shart. Boshqacha bo'lishi mumkin emas. Men borimni nomalum xorijlik bilan jangga qo'yadigan bo'lsam, u holda bolakaylar yarim milliard dollar tayyorlab qo'yishsin. Agar raqibim Joshua bo'lanida edi, men tekinga jang qilgan bo'lardim. Afsuski, raqibim u emas", – deya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan Fyuri.
Avvalroq, Britaniyaning The Sun nashri "Lo'lilar qiroli" Usik bilan jangdan € 150 mln, Daily Mail nashri esa € 55-60 mln ishlab olishi mumkinligini yozgan edi.
Fikrlar