14 sen 13:17
Yangiliklar

Tayson Fyuri superog'ir vaznda kelajagi porloq 4 bokschi haqida gapirdi. Ular orasida o'zbek sportchisi ham bor
Quvonarlisi, taniqli bokschi Deniel Dyubua, Jo Joys, Toni Yoka qatorida o'zbekistonlik Bahodir Jalolov haqida ham gapirib o'tgan.
"Texnika borasida juda yaxshi malakasi bor. Havaskor boks maktabi ajoyib. Bilaman, u havaskor boksda ko'p jang o'tkazgan, ko'plab xalqaro turnirlarda qatnashgan. Uning janglari videosini ko'rganman. U boks tushishni biladi, zarbasi ham bor.
Bilasizmi? Evropaliklar texnika borasida u qadar kuchli emas. Ammo ular kuchli va chidamli. Amerikaliklarning barchasi texnik kuchli, evropaliklar asosan qobiliyati sababli muvaffaqiyat qozonadi degan gap-so'zlar noto'g'ri. Faqatgina bir sportchi texnik tomonlama kuchli va qobiliyatli. Bu men. Umid qilamanki, yuqoridagi yigitlarning qaysi biridir "Lo'lilar qiroli" faoliyatini yakunlaganidan so'ng o'zini ko'rsata oladi", - dedi Tayson Fyuri.
Fikrlar