10 noy 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri: Usik meni qoyil qoldira olmadi
WBC chempioni Tayson Fyuri Derek CHisora va Aleksandr Usik jangi haqidagi mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.
"Aminmanki, superog'ir vazn birinchi og'ir vazndan anchagina farq qiladi. Hamma bokschilar ko'p pul ishlash uchun superog'ir vaznga o'tishni xohlaydi. Ammo bu shunchaki oson ish emas.
Usik CHisora bilan jangida ushbu vazndagi debyut jangidan ko'ra yaxshi taassurot qoldirdi. Birinchi og'ir vaznda uning imkoniyatlarini juda yuqori baholagandim. Lekin ochig'ini aytadigan bo'lsam, Usik meni superog'ir vazndagi janglari bilan umuman qoyil qoldira olmadi", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : talkSPORT
Fikrlar