17 dek 09:38
Yangiliklar
Tayson Fyuriga kutilmagan rus bokschisi raqib sifatida berilyapti
Taysonning vatandoshi Entoni Joshua bilan jangi rejalashtirilgan, ammo undan oldin "Lo'lilar qiroli" yana bir g'alabaga erishishi kerak. Bu jang uchun nomzodlar orasida rossiyalik Arslonbek Mahmudov ham bor.
Arslanbek Mahmudov prof boksda 21 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan. Raqiblarini 19 jangda muddatidan avval taslim etgan. 36 yoshli bokschi og'ir vazn toifasi vakili ikki g'alabali seriya bilan kelmoqda. Avvaliga WBA qitalararo chempionlik kamari uchun kechgan jangda Rikardo Braunni to'xtatdi, keyin esa Devid Allen ustidan ishonchli g'alabaga erishdi.
Allen bilan jangdan so'ng Mahmudov Sky Sports nashriga Entoni Joshua agar g'alaba qozonsa, u bilan jang o'tkazishga vada berganini va ularning yozishmalarining skrinshotlarini ijtimoiy tarmoqlarda elon qilganini aytgandi.
Imkon qadar tezroq ringga qaytishni o'ylagan Entoni Joshua shu hafta Mayamida bo'lib o'tadigan Jeyk Polga qarshi jang o'tkazish taklifini olmaguncha Mahmudov bilan jangni ko'rib chiqishi mumkin edi.

Fikrlar