04 dek 08:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyurining 2022 yilda nechta jang o'tkazmoqchi ekani malum
Bob Arum mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan 33 yoshli britaniyalik bokschining 2022 yilda nechta jang o'tkazishi haqida gapirdi.
SHuningdek, u Taysonning navbatdagi jangi qachon bo'lib o'tishi mumkinligini ham elon qildi.
"O'ylashimcha, keyingi raqib Dillian Uayt bo'ladi. Taysonning o'zi ham fevral yoki mart oyining oxirida ringga chiqish niyatida. Uning 2022 yilda kamida uchta jang o'tkazishini istardim.
Rejalarimiz amalga oshishiga umid qilaman. Fyuri hamma bilan kurashishga tayyor. Men haqiqatan ham u dunyodagi eng ko'zga ko'ringan og'ir vaznli sportchi ekanligiga ishonaman. U bilan jang qilishni istamaydigan raqib yo'q", - dedi Arum.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar