25 okt 15:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyurining qachon ringga qaytishi malum
Superog'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri qachon ringga qaytishini elon qildi.
“Katta elon! «Lo'lilar qiroli» 5 dekabr kuni qaytmoqda. Jang London shahrida tashkil etiladi, hozircha raqib malum emas. Lekin shu kunni intizorlik bilan kutmoqdaman. CHunki, men eng yaxshi qila oladigan ishimni yana amalga oshiraman”, - deya yozib qoldirgan Fyuri.
Eslatib o'tamiz, aslida Tayson Fyuri Deontey Uaylderga qarshi uchinchi jangda ishtirok etishi lozim edi, biroq amerikalik jangga rozi bo'lmaganidan so'ng britaniyalikka boshqa raqib izlashga to'g'ri keldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar