04 jan 18:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Joshuaning so'zlariga chiroyli tarzda javob qaytardi
Superog'ir vaznda WBC chempioni Tayson Fyuri (30-0-1, 21 KO) WBA, WBO va IBF kamarlari sohibi Entoni Joshua (24-1, 22 KO)ning uni yanchib tashlashga vada bergani haqidagi gaplariga munosabat bildirdi.
"Men Joshuani bu daraja kuchli deb hisoblamayman. U odamlarni aldayapti. Entonining o'ziga bo'lgan ishonchi etishmaydi.
Joshua mening ruhiyatimga tasir qilmoqchi? Bu juda yaxshi. U mendan juda uzoq vaqt qochib yurdi, nihoyat biz jang haqida kelishuvga erishdik. Menimcha, bu uning navbatdagi yolg'oni. Joshua o'z so'zlariga javob bera oladimi yo'qmi, buni amalda ko'ramiz.
Men oddiy erkakman. Menda chiroyli qomat yoki o'ziga tortuvchi narsa yo'q. Ammo, dunyoda 2,05 metr bo'y va 125 kg vazn bilan huddi o'rta vaznli jangchidek harakat qiluvchi bokschi yo'q. Men - tabiat mo'jizasiman", - dedi Fyuri.
Havola :
Fikrlar