11 fev 17:00
Yangiliklar
Tayson - Xolifild. Arab shayxlari 200 million to'lashga tayyor. Nihoyat trilogiya ko'ramiz shekilli (TAVSIYA QILAMIZ!)
Og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempionlari o'rtasida muzokaralar bir necha oy davom etgan va Taysonning do'sti Zab Judaning aytishicha, tomonlar jang uchun shartnoma imzolagan.
Birlashgan Arab Amirliklaridan kelgan shayxlar jamoasi juda epchil bo'lib chiqdi va rad etilmaydigan takliflarni berdi: Tayson va Xolifild 200 million funt oladi.
Maykning Roy Jonsga qarshi jangi Tayson - Xolifild jangiga asos bo'ldi. 1 milliondan ortiq tomashabin shouni ko'rdi.
Pandemiya davrida katta janglarning yo'qligi tufayli oradan 15 yil o'tib Tayson faoliyatini qayta tiklashga qaror qildi. SHu yoshida jismoniy imkoniyatlari aql bovar qilmas darajada bo'lsada, 28 noyabr kuni Los-Anjelasda bo'lib o'tgan Roy Jonsga qarshi ko'rgazma duelida Maykdan hech kim noyob hodisa kutmagan edi.
Ammo qariyalar 8 raundni nafaqat muxlislar, balki o'zlarini ham hayratga soladigan darajada o'tkazishdi. Faqatgina hakamning hukmi hafsalani pir qildi. Lekin tomoshabinlar uchun bu muhim emas edi: translyaciyani 1 milliondan ortiq kishi sotib oldi va tashkilotchilarning foydasi 50 million dollarni tashkil etdi.
Tayson bunday ko'rsatkichlarni o'zining eng yuqori cho'qqisida ko'rsatgan. Asosiy sport yulduzi va mutlaq jahon chempioni bo'ldi. Qo'lqoplarini echib olishga ulgurmagan Mayk ashaddiy raqibi - Evander Xolifildga qarshi uchinchi jangini o'tkazmoqchi ekanligini aytdi.
"Xolifild bilan uchinchi jang? Ha, xayriya uchun bizga aynan shu narsa kerak! Men va Evanderni yana o'sha ringda tasavvur qila olasizmi? Mana, dunyo yordamga muhtoj odamlarga to'la va bunday shou haqiqatdan ham ko'p odamlarga yordam berishi mumkin".
Xolifild ham darhol rozi bo'ldi:
"Biz Tayson bilan allaqchon muzokaralarni boshladik, uchinchi jang bo'ladiganga o'xshaydi. Mening promouterlarim uning jamoasi bilan juda yaqin aloqda, endi biz yakuniy qarorni kutmoqdamiz. Men ushbu jangga tayyorman. Jismoniy holatim bilan bog'liq muammolar yo'q, o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Ishonchim komilki, agar Mayk bizning uchrashuvimizga rozi bo'lsa, u holda bu jang 200 million dollar olib keladi. Muxlislar epik jangni ko'rishadi. Tayson men bilan jang qilsa, xursand bo'laman"
Kecha Taysonning yaqin do'sti Zab Juda britaniyalik jurnalistlarga jang uchun shartnoma imzolanganini aytdi.
"Jang bo'lib o'tadi, barchasi kelishib olindi. Mayk Tayson va Evander Xolifild. Uchinchi qism - ajoyib! Bu kurashda menga hamma narsa qiziq. Ularning dastlabki ikkita jangini ko'rdim va ularning ringdagi uchinchi to'qnashuvini ko'rishni istayotganim shubhasiz. SHartnoma imzolandi. Mayk va Evander har kuni mashg'ulot qilishadi. Ikkalasi ham o'z maqsadini amalga oshirish uchun rinnga ko'tariladi. Barchasi haqqoniy bo'ladi va biz uchinchi marta super jang guvohiga aylanamiz" - dedi Zab Juda.
Eng yaxshi taklif dubaylik arab shayxlari tomonidan bo'ldi: 200 million funt. Yaqin SHarq so'nggi ikki yil ichida boks va MMA markaziga aylandi. Masalan, 2019 yil dekabr oyida Saudiya Arabistonida Entoni Joshua Endi Ruizdan qasos oldi va BAA UFC bilan juda faol aloqada bo'lib, ushbu sohaning asosiy yulduzlari ishtirokida "Fight Island"da birin-ketin turnirlarni o'tkazmoqda.
Boks afsonalari o'rtasidagi trilogiya shu qadar qiziqish uyg'otdiki, Rossiyaning MMA promouterligi AMC Fight Nights ga qo'shilishni xohlamoqda.
"Tayson - Xolifild jangini tomosha qilish qiziq bo'lar edi. Biz qo'ng'iroq qildik, suhbatlashdik. Batafsil va mazmunli suhbat bo'ldi. Bu to'qnashuv uchun o'z maydonchamizni taqdim etishga tayyormiz, bizning o'zaro manfaatlarimiz bor. Ushbu jang kamida 30 million dollarga tushadi", - dedi promoushen egasi Amir Murodov.
Tayson va Xolifild o'rtasidagi to'qnashuv sport tarixidagi yodda qolarli voqealardan biri. Ushbu jangni 90-yillarning o'rtalarida tug'ilmaganlar ham ko'rishadi.
Arab shayxlarini tushunish oson. Mayk va Xolifild o'rtasidagi bellashuv sport tarixidagi yodda qolarli voqealardan biridir. Buning ortida juda katta tarix bor, demak bu ulkan kassa mashinasini yig'ish uchun ajoyib imkoniyat.
90-yillarning o'rtalarida bo'lib o'tgan ikki jang ham o'sha davr uchun juda katta foyda edi. Har bir jang o'sha davr doimiy ravishdagi pullik translyaciyalarining rekordini o'rnatgan va uumiy foyda 215 million dollarni tashkil qilgan.
Dastlabki jang 1996 yil 9 noyabrda bo'lib o'tdi va Xolifild 11-raundda shov-shuvli tarzda nokautli g'alaba qayd etdi. 1997 yil 28 iyunda tashkil etilgan revanshda g'azablangan Mayk Xolifildning qulog'ini tishlab oldi va 3-raunddda diskvalifikaciya qilingandi. Bu boks tarixiga eng katta janjal bo'lib kirdi.
O'shandan beri bokschilar ashaddiy dushmanga aylanishdi, uchinchi jang tashkil etishga urinishalar qilindi, ammo 2000 yillarning boshlarida Taysonning ham Xolifildning ham faoliyatida susayish kuzatildi. Mayk o'zining karerasini 2005 yilda g'azab bilan yakunladi. Evander esa 2011 yilgacha kurash olib bordi.
Xolifild va Tayson o'rtasidagi munosabatlar juda keskin edi, biroq 2009 yilda Oprey Uinfri shousida bokschilar qo'l berib ochiq yarashishdi. SHundan keyin ular birgalikda ko'plab televizion ko'rsatuvlarda, boks musobaqalarida va hatto reklamalarda qatnashishdi. Ulardan biri muxlisar orasida shov-shuvga sabab bo'ldi.
Tabrik qutisida Tayson Xolifildga tishlab olgan qulog'ining bir qismini beradi.
Xolifild 2020 yil yozdan beri qaytishga tayyorlanmoqda va oktyabr oyida 59 yoshga to'lishini hisobga oladigan bo'lsak, Taysonga qaraganda juda yaxshi ko'rinishga ega. Bunday holatning sabablaridan biri Xolifild jamoasida boksning yana bir afsonasi, sog'lom ovqatlanish va faol hayot tarzi bilan shug'ullanadigan Vladimir Klichkoning mavjudligi.
Bokschilar bir necha yillardan buyon do'stona munosabatlarini saqlab kelmoqdalar va Evander ukrainalikning qattiq nazorati ostida mashg'ulot o'tkazmoqda. Dastlab Tayson bilan jangdan oldin Xolifild boshqa boks faxriysi-og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Glenn Makkoriga qarshi ko'rgazmali jang olib borishi kerak edi. Mazkur to'qnashuv aprel oyida Londonda bo'lishi reajalashtirilgan edi, ammo hozir Xolifild bu haqida hatto eslamaydi.
Hozir ikkala bokschini qo'shib hisoblaganda 112 yosh kelib chiqishiga qaramay, trilogiya o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Bu oqshom kutish darajasi jihatidan og'ir vazndagi qirollar – Entoni Joshua va Tayson Fyuri to'qnashuvi bilan teng.
Bunday jangni nafaqat AQSHda, balki Atlantika okeanining narigi tomonidagi sportga u qadar qiziqmaydiganlar ham sotib olishadi. Ha, har ikkisining ring va undan tashqaridagi obro'si shunchalik buyuk!
Sports.ru saytidan Sarvinoz Raxmonqulova tarjimasi
Fikrlar