So’nggi yangiliklar

16:39Бугун Тошкентда Mangu 2 турнири ўтказилади 0 16:18Сергей Фомин — Shymkent Challenger чемпиони! 0 15:57"Челси" 60 миллион еврога дарвозабон сотиб олиши мумкин 0 15:36Ислам Махачев Гэррига: "Шартнома кутяпман!" 0 15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0

01 apr 09:16
Yangiliklar

Dzyudo

Tbilisi Gran prisi. Umumjamoa hisobida 15-o'rinni egalladik

Gruziyaning Tbilisi shahrida dzyudo bo'yicha Gran pri turkumiga kiruvchi sovrin jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil etgan nufuzli turnir yakunlandi.

Uch kuni davom etgan musobaqada 52 davlat dzyudochilari turnir medallari hamda Tokio-2020 Olimpiadasining muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishdi. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasining 6 nafar azosi ham bor edi. 

Hamyurtlarimizdan -60 kg vazn toifasida SHarofiddin Lutfullaev hamda -100 kg vazndagi polvonimiz Muhammadkarim Xurramov bronza medali hamda 350 reyting ochkosini qo'lga kiritishdi. -90 kg vaznli dzyudochimiz Davlat Bobonov esa 5-o'rin hamda 250 reyting ochkosiga ega bo'ldi. 

Umumjamoa hisobida terma jamoamiz 15-o'rinni egalladi. Uchta oltin, bitta kumush, 3ta bronza medalini qo'lga kiritgan Franciya terma jamoasi birinchi o'rinni egalladi. Ikkita oltin, 2ta kumush, 6ta bronza medaliga sazovor bo'lgan Gruziya terma jamoasi ikkinchi bo'ldi. Kuchli uchlikka 2ta oltin, bitta kumush, 3ta bronza medali bilan Gollandiya terma jamoasi yakun yasadi. 

To'rtinchi o'rindan joy olgan Kosovo terma jamoasi dzyudochilari ikkita oltin medal bilan uyga qaytishdi. Kuba, Isroil, Portugaliya, Rossiya va Italiya terma jamoalari turnirda bittadan oltin medalni qo'lga kiritishdi. Jami 18 davlat sportchilariga kamida bitta bronza medali nasib qildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing