21 mar 08:03
Yangiliklar
Tbilisiga yo'l olgan dzyudochilarimizga oq yo'l tilandi + FOTO
Terma jamoamiz ushbu nufuzli musobaqaga so'nggi tayyorgarlik bosqichini Toshkentda olib borishdi. Kecha O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov safar oldidan turgan dzyudochilarimiz bilan uchrashdi.
Federaciya rahbari Olimpiadagacha juda ham kam vaqt qolgani, reyting ochkolarini taqdim etuvchi turnirlar bor yo'g'i to'rtta ekanligi va musobaqalarda maksimal darajada ochko jamg'arib olish lozimligini takidladi. O'z o'rnida Ilias Iliadis murabbiyligidagi dzyudochilarimiz ham yuu holatdan dildan his etib turganlari hamda medallar uchun kurashishlarini aytishdi.
Olimpiadagacha qolgan musobaqalar:
26-28 mart: Tbilisi “Katta Dubulg'a” turniri
1-3 aprel: Antalya “Katta Dubulg'a” turniri
5-7 may: Qozon “Katta Dubulg'a” turniri
6-13 iyun: Budapeshtda jahon chempionati
Fikrlar