01 iyu 16:26
Yangiliklar
Tehronda Osiyo Paralimpiya qo'mitasi ijroiya kengashining 30-yig'ilishi bo'lib o'tdi
Yig'ilish davomida tashkilot faoliyatiga doir muhim masalalar qatori Toshkent-2025 yoshlar o'rtasidagi Para Osiyo o'yinlariga ko'rilayotgan tayyorgarlik, shuningdek, Parij-2024, Los-Anjeles-2028 yozgi Paralimpiya o'yinlari hamda 2026 yil Milan va Kortina-d’Ampecco shaharlarida bo'ladigan qishki Paralimpiya o'yinlariga qita sportchilarining tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilindi.
Bundan tashqari, ijroiya kengashi yig'ilishida 2030 yil Doha shahri hamda 2034 yil Ar-Riyod shahri mezbonlik qiladigan Para Osiyo o'yinlari masalasi ham kun tartibidan o'rin oldi.
SHuningdek, Osiyo Paralimpiya qo'mitasi ijroiya kengashi azolari hamda Muxtorxon Tashxodjaev boshchiligidagi O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi delegaciyasi Eron Islom Respublikasi sport va yoshlar siyosati vazirligi hamda mamlakat paralimpiya qo'mitasi rahbariyati bilan uchrashdi.
Fikrlar