17 fev 21:14
Yangiliklar
Dzyudo
Tel-Aviv "Katta Dubulg'a". Diyora bronza medali uchun bahsda tatamiga chiqdi
Ayni daqiqalarda Tel-Aviv "Katta Dubulg'a" turnirining birinchi kungi final bellashuvlari davom etmoqda.
Hozirgina -52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan kadetlar o'rtasida jahon chempioni Diyora Keldiyorova Tel-Aviv "Katta Dubulg'a" turniri bronza medali uchun kechgan bahsda tatamiga chiqdi.
Murosasiz kechgan bahs g'olibasi qo'shimcha daqiqalarda aniqlandi. Vengriyalik 25 yoshli Reka Papp ippon bahosi bilan g'alaba qozonib, Tel-Aviv "Katta Dubulg'a" turniri bronza medali sohibasiga aylandi.
Taqqoslash uchun, 23 yoshli Diyora jahon reytingida 11, Papp esa 5-o'rinni egallab turibdi. Keldiyorova musobaqada kuchli beshtalikdan joy olish barobarida qimmatli 350 reyting ochkosini ham qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar