03 mar 18:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Temirov Yaponiyaning RIZIN Ligasi bilan shartnoma imzoladi, ilk jang qachon bo'lishi malum (FOTO)
Bu haqda uning murabbiyi Jasur Alijonov xabar berdi.
O'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Azizbek Temirov endilikda Yaponiyaning RIZIN Ligasida jang qiladi. Bu haqda uning murabbiyi Jasur Alijonov xabar berdi.
Malum bo'lishicha, sportchi RIZIN bilan 3 ta jang uchun shartnoma imzolagan. Kelishuv bo'yicha ilk jang 12 aprel kuni Yaponiyada bo'lib o'tadi.
Azizbek Temirov hozirga qadar 7 ta jangda qatnashib, 5 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. U UFC jangchisi Ramazon Temirovning ukasi hisoblanadi. Ramazon ham UFC'ga o'tishidan avval RIZIN'da faoliyat olib borgan edi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar