22 sen 08:38
Yangiliklar
Tennis
Tennis. Nigina Abduraimova alamli tarzda mag'lubiyatga uchrab, Portugaliyadagi turnirni tark etdi
Avval xabar berganimizdek, ayollar o'rtasida O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova Portugaliyaning Kaldash-da-Rainya shahrida W60 toifasiga kiruvchi turnirda ishtirok etayotgan edi.
Nigina ilk davra uchrashuvida shveycariyalik 18 yoshli Selin Naefni 1/6, 6/3, 6/3 hisobida dog'da qoldirib, nimchorak finalga yo'l olgan edi.
Kecha o'tkazilgan nimchorak final bellashuvida Abduraimova vengriyalik Timea Baboshga qarshi kortga chiqdi. 3 soatu 17 daqiqa davom etgan bahs 6:2, 6:7, 6:7 hisobida yakunlandi va unda afsuski, Babosh zafar quchdi hamda chorak finalga yo'l oldi.
Taqqoslash uchun, Nigina Abduraimova dunyo reytingida 195, Timea Babosh esa 187-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar