14 okt 17:03
Yangiliklar

Teofimo Lopes: Lomachenko bilan hech qanday revansh bo'lmaydi
Engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Teofimo Lopec Vasiliy Lomachenko bilan ikkinchi jang o'tkazmasligini aytdi. Amerikalik bokschining so'zlariga ko'ra, agar u birinchi jangida mag'lub bo'lganida, ukrainaliklar tomoni unga hech qachon revansh olish imkoniyatini bermagan bo'lardi.
«Lomachenko bilan hech qanday revansh bo'lmaydi. Agar men yutqazganimda, ular hech qachon menga revansh bermas edilar. Agar men yutqazganimda 100 ming dollar olardim, anderkardda jang qilgan bo'lardim va hamma meni unutardi. Hammasi avvalgidek bo'ldi, men g'alaba qozondim. Engil vazn toifasida to'rt kamarli mutlaq chempionga aylandim. Endi asosiysi - kattaroq va yaxshiroq ish qilish», - deya Lopecning so'zlarini keltiradi World Boxing News.
Fikrlar