21 dek 11:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Teofimo Lopes Lomachenkoning gapiga keskin javob qaytardi
Engil vaznda mutlaq jahon chempioni Teofimo Lopes uchta vaznda sobiq chempion Vasiliya Lomachenkoning fikriga munosabat bildirdi.
Ukrainalik bokschi Lopes hech qachon revansh bermasligini, chunki ilk jangda raqibinining jarohatidan foydalanib g'alaba qozonganini aytgan edi.
"Loma, nimalar deb aldayapsan? Nima bo'lganini sen juda yaxshi bilasan, men bilaman, biz bilamiz. Nimaga o'zingni oqlayapsan? Men seni "tamom" qildim", — dedi Lopes.
Eslatib o'tamiz, shu yilning oktyabr oyida Teofimo Lopes Vasiliy Lomachenkoni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratib, multaq jahon chempioniga aylangan edi. Jangdan so'ng ukrainalikning jarohati borligi tasdiqlangandi.
Havola :
Fikrlar