18 dek 11:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Terens Krouford barcha chempionlik kamarlarini ko'rsatdi + FOTO
Beshta vaznda jahon chempioni, faoliyatini mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay yakunlagan Terens Krouford (42-0, 31 KO) o'zining barcha kamarlarini namoyish qildi.
"Bundan ortiq yana nima deyishim mumkin?" — deya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga surat joylagan Krouford.
Malumot uchun, amerikalik 38 yoshli Terens Krouford professional boksdagi debyuti 2008 yilga to'g'ri keladi. 2014 yilda engil (61,2 kg) vaznda, 2017 yilda – birinchi yarim o'rta vaznda mutlaq jahon chempioni (63,5 kg), 2023 yilda — yarim o'rta vaznda mutlaq jahon chempioni (66,7 kg), 2024 yilda – birinchi o'rta vaznda jahon chempioni (69,9 kg), 2025 yilda – ikkinchi o'rta vaznda mutlaq jahon chempioni (76,2 kg) bo'lgan.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar