11 jan 14:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Terens Krouford MMAga o'tish taklifiga keskin javob qaytardi
Sobiq mutlaq jahon chempioni Terens Krouford MMAda o'zini sinab ko'rish taklifiga javob qaytardi.
"Yo'q-yo'q. U erda pul etarli emas. Og'ayni, seni oddiy kurashning o'zidayoq sindirib qo'yishlari mumkin. Bu erda esa nafaqat kurash, balki oyoq zarbalari, boks, tirsaklar ham bor — yo'q, rahmat, buni o'zingizga qoldiring", — dedi Krouford Ready to Fight portaliga.
Terensning professional rekordi 42 g'alaba, shundan 31 tasi nokaut bilan yakunlangan, birorta ham mag'lubiyat va durang yo'q. U 2008 yildan 2025 yilgacha prof ringda o'z janglarini o'tkazgan. Krouford ikki vaznda to'rtta asosiy chempionlik kamarlarini qo'lga kiritgan va professional boks tarixida uchta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo'lgan birinchi bokschi hisoblanadi.

Havola :
Manba : Boxing News
Fikrlar