23 may 13:49
Yangiliklar
Terens Krouford: "Ringda isbotlaydigan hech narsam qolmadi"
"Bu boksning bir qismi: sportni tark etish. Ammo senda hali kuch ko'p va ular doim sening qaytishingni xohlashadi. Isbotlaydigan narsam ham, yutadigan narsam ham yo'q, shuning uchun ketganimdan xursandman.
Menimcha, ringda hamma narsani berish kerak emas, zaxira uchun nimadir qoldirish kerak... Keyinchalik undan boshqa narsa uchun foydalanish uchun. Qarorimdan mamnunman va nafaqada baxtliman", - dedi Krouford The Ring jurnaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning sentyabr oyida Terens Saul Alvaresni ochkolar bo'yicha mag'lub etib, ikkinchi o'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangan edi. Qishda Krouford sportdagi faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
U professional ringda 42 ta g'alaba qozongan va birorta ham mag'lubiyatga uchramagan.

Fikrlar