11 sen 11:42
Yangiliklar
Boks/MMA
Terens Krouford ringga qaytyaptimi?
Beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni, amerikalik Terens Krouford ringga qaytishi mumkinligi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men bir narsani tushunib olmoqchiman! Hammangiz mening qaytishimni va jang qilishimni shunchalik xohlaysizlar, shunday emasmi? Jeron Ennis, agar faoliyatimni qayta tiklasam, navbatdagi jangda men bilan kuch sinasharmiding?", — deb yozdi Krouford X ijtimoiy tarmog'ida.
Terens Krouford 38 yoshda. Amerikalik bokschi professional faoliyatini 2008 yilda boshlagan. U engil (61,2 kg gacha), birinchi yarim o'rta (63,5 kg gacha), yarim o'rta (66,7 kg gacha), birinchi o'rta (69,9 kg gacha) va ikkinchi o'rta (76,2 kg gacha) vazn toifalarida jahon chempioni bo'lgan.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar