28 mar 18:18
Yangiliklar

Terens Krouford UFC nima uchun boksdan yaxshiroq ekanligini tushuntirdi
"Menga UFC shunisi bilan yoqadiki, hatto agar jangchi yutqazsa ham, muxlislar uni qo'llab-quvvatlashda davom etadi. Hozir boksda esa, Floyd Meyvezer tufayli, shunday vaziyat yuzaga keldiki, agar bokschi mag'lub bo'lsa va "nollar" (mag'lubiyatsizlik rekordi) yo'qolsa, uni zaif va kuchsiz deb atashadi.
Floyd mag'lubiyatsiz rekord bilan ketdi va barcha uchun yuqori standart o'rnatdi. Hozir barcha mag'lubiyatsiz qolishga harakat qilyapti. Princip bitta: agar bir marta yutqazsang, hammasini boshidan boshlashing kerak.
Avvallari jangchilar bir-biriga qarshi ikki-uch marta jang qilgan. Men unga yutqazganman, keyin esa uni mag'lub qilganman. Ular trilogiyalar yaratgan. Hozir esa bunday narsalarni ko'rmaysiz", - dedi Krouford.
Fikrlar